Pekin AQShni pandemiyaga qarshi kurashga putur yetkazayotganlikda aybladi

Jahon 13:52 / 14.02.2021 4498

AQSh hukumati koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holda boshqa davlatlarga ayblovlar bildirmoqda, biroq aynan Vashingtonning xatti-harakatlari pandemiyaga qarshi xalqaro kurashga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Bunday fikrni Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi bildirdi.

“AQShning oxirgi yillardagi xatti-harakatlari xalqaro institutlar, jumladan JSSTga jiddiy putur yetkazdi va koronavirus borasida xalqaro hamkorlikka kuchli zarar yetkazdi”, deb ta'kidlab o‘tilgan Xitoy elchixonasida.  

Xitoy diplomatik vakolatxonasida AQSh JSSTni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar va bevosita JSST nomiga ayblovlar bildirishni davom ettirayotgani ta'kidlab o‘tilgan. Shu bilan birga, elchixonada Pekin AQShning JSSTga qaytishini qutlashi va Vashington JSSTni amaliy harakatlari bilan qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirishi aytilgan.   

Avvalroq AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan Xitoyni koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha barcha ma'lumotlar bilan bo‘lishishga chaqirgandi. U JSSTning koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha o‘tkazgan tergovi borasida to‘xtalib, AQShda JSST chiqargan bir qator xulosalar, jumladan “bu xulosalar qanday chiqarilgani” borasida savollar borligini aytgan.

Fevral boshida JSST mutaxassislari xitoylik hamkasblari hamrohligida 2019 yilda koronavirus birinchi marta qayd qilingan Uhan shahriga tashrif buyurishgan. JSSTda safar natijalariga ko‘ra virusning kelib chiqishi masalasi hali ham ochiq qolayotgani hamda virus boshidan Uhandagi laboratoriyada saqlangani, so‘ngra qandaydir tarzda uning tashqarisida tarqalgani ehtimoli ozligi aytilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: