Koronavirusning odamga yuqishining eng yuqori ehtimolga ega versiyasi ma'lum qilindi 

Jahon 23:19 / 14.02.2021 38574

Daszakning fikricha, koronavirus dastlab Janubi-Sharqiy Osiyo yoki Janubiy Xitoyda ko‘rshapalaklarda paydo bo‘lgan. So‘ngra virus ko‘rshapalakdan yovvoyi hayvonlar fermasi ishchilaridan biri yoki u yerda boqiluvchi jonzotlar - bo‘rsiq, sassiqkuzan, yenotsimon it va tsivetaga yuqqan bo‘lishi mumkin.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, JSST mutaxassislari va xitoylik tadqiqotchilarning birgalikdagi muhokamasi davomida koronavirusning odamga yovvoyi hayvonlardan oraliq tur orqali yuqqani versiyasi eng ko‘p qo‘llab-quvvatlov olgan. 

Daszakning aytishicha, JSST ekspertlari Xitoyga tashrif vaqtida ba'zi bemorlarning shaxsiy ishlarini o‘rganib chiqish uchun berishni so‘rashgan, biroq rad javobi olishgan, chunki Xitoyda “bemorlarning tibbiy ma'lumotlari o‘ta maxfiy ma'lumot” hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: