Foto: Moskvada rekord darajada qor yog‘di

Jahon 17:45 / 14.02.2021 81947

Juma kuni kechqurundan Moskvada kuchli qor yog‘a boshladi. Kun davomida va shanba kuni kechqurungacha yoqqan qor 12 fevral kuni uchun 1973 yildan buyon eng ko‘p miqdorda yoqqan qor bo‘ldi. Juma kuni soat 18:00gacha shaharga 9 mm qalinlikda qor to‘shaldi, bu bir oylik normaning 25 foiziga teng edi. 1973 yilning shu kunida 7 mm qalinlikda qor yoqqandi. 

Shanba kuni soat 15:00gacha poytaxtda kuchli qor yog‘ishi davom etdi. Yakshanba kuniga kelib shahardagi yog‘ingarchilik miqdori 30 millimetrdan oshiqni tashkil qilgan. Bu fevral oyidagi me'yorning 60 foizi demakdir. Ayrim hududlarda qor uyumlari balandligi 60 santimetrga yetgan.

Izg‘irin va bo‘ron shaharda 10 balli tirbandliklarni keltirib chiqardi, haydovchilarga vaqtni behuda ketkazmaslik va metrodan foydalanish tavsiya etildi.

Moskva yaqinidagi qishloqlardan birida qor og‘irligini ko‘tara olmagan tom bosib qolishi oqibatida bir kishi vafot etgan. Qutqaruvchilar ushbu uyda bo‘lgan yana ikki kishini qor ostidan chiqarib olishgan.

Aeroportlarda yuzdan ortiq reyslar kechikishi kuzatildi. Ayniqsa, Domodedovo aeroportida vaziyat murakkab edi. «Yandeks.Raspisaniya» xizmati ma'lumotiga ko‘ra, u yerda 84 reys ushlanib qolgan, 15 reys bekor qilingan, shuningdek, uchib keluvchi reyslarning kelish vaqti ham o‘zgargan. Aeroport binosida o‘z reyslarini kutib, yuzlab yo‘lovchilar tunab qolishgan. Sheremetevo va Vnukovoda vaziyat bir muncha yaxshiroq bo‘lgan — mos ravishda 18 va 14tadan reys kechiktirilgan.

Meteorologlar qor yog‘ishi 14 fevral kuni kechqurun tugashini prognoz qilishgan. Sinoptiklar ma'lumotiga ko‘ra, dushanba kunidan harorat Tselsiy bo‘yicha 30 darajagacha chiqadi.

Moskva meriyasi shaharni kuchli qor oqibatlaridan tozalash uchun 8 kun vaqt ketishini ma'lum qilgan. Ko‘chalarni tozalash ishlariga 60 mingdan ortiq ishchi va 13,5 mingdan ortiq texnika jalb etiladi. FVV ma'lumotiga ko‘ra, Moskvadagi ko‘chalarda 180dan ortiq yuk mashinasi qordan chiqarib olingan.

Yuriy Kadobnov / AFP / Scanpix / LETA
Sergey Fadeichev / TASS / Scanpix / LETA
Natalya Kolesnikova / AFP / Scanpix / LETA
Artem Geodakyan / TASS / Scanpix / LETA
Natalya Kolesnikova / AFP / Scanpix / LETA
Oleg Nikishin/TASS
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Natalya Kolesnikova / AFP / Scanpix / LETA
Aleksandr Kazakov / Kommersant'
Valeriy Sharifulin / TASS / Scanpix / LETA

Anton Novoderejkin/TASS
Mixail Tereshchenko/TASS
Sergey Fadeichev/TASS
Stanislav Krasilnikov/TASS
Stanislav Krasilnikov/TASS
Sergey Bobylev/TASS
Stanislav Krasilnikov/TASS
Sergey Sevostyanov / TASS / Scanpix / LETA
Sergey Sevostyanov / TASS / Scanpix / LETA
Aleksandr Kazakov / Kommersant'
Maksim Shemetov / REUTERS / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: