Britaniyada koronavirusga qarshi vaksina bolalarda sinab ko‘riladi

Jahon 19:32 / 13.02.2021 1566

Oksford universiteti AstraZeneca kompaniyasi bilan hamkorlikda koronavirusga qarshi vaksinani 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sinab ko‘radi. Bu haqda universitet saytida xabar berildi.

Universitet ChAdOx1 nCoV-19 vaksinasi xavfsizligi bo‘yicha London, Sauthempton va Bristoldagi markazlarda tadqiqotlar o‘tkazadi. Avvalgi sinovlar uning kattalar uchun xavfsizligini ko‘rsatdi, deyiladi xabarda.

Sinovlarda 300 nafar ko‘ngilli ishtirok etadi. Dastlabki emlashlar fevral oyida amalga oshirilishi aytilmoqda.

Avvalroq AstraZeneca o‘zining AZD1222 va Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini birgalikda sinab ko‘rishni boshlaganini xabar qilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: