Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolik olish tartibi o‘zgaradi: O‘zbekistonda yashash guvohnomasini 2005 yilgacha olish bo‘yicha talab bekor qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
Dasturga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Dastlabki loyihaga ko‘ra, 2021 yil 1 maydan boshlab O‘zbekistonga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, yashash guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan, shuningdek, 15 yil davomida mamlakatda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilish nazarda tutilgan edi.
Davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18–28 yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi hamda undagi fuqarolik olishni istagan shaxs O‘zbekistonda yashash guvohnomasini 2005 yilgacha olgan bo‘lishi kerakligi haqida talab olib tashlandi.
Loyihani amalga oshirish muddati – 2021 yil 1 may. Dastur ijrosi uchun Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati mas'ul etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 29 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida 15 yil davomida muqim yashagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini berish tartibi joriy qilinishi haqida gapirgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

11:00 / 01.07.2025
Pensiya miqdorini oldindan aniqlash xizmati joriy etiladi

09:16 / 26.06.2025
Portugaliya fuqarolik olish qoidalarini qat’iylashtiryapti

21:30 / 10.06.2025
Germaniya fuqaroligini olgan rossiyaliklar soni rekord darajaga yetdi

10:10 / 21.05.2025