Yaponiyada qor kurash vaqtida 60dan ko‘proq kishi halok bo‘ldi

Jahon 02:07 / 20.01.2021 15590

Yaponiyada yog‘gan qalin qor yo‘llarda tirbandliklarga va o‘z uylarini qordan tozalash vaqtida 60dan ko‘proq kishining o‘limiga olib keldi. Bu haqda mamlakatning davlat yerlari, infratuzilma, transport va turizm vaziri Kadzuyesi Akaba ma'lum qildi.

Yomon ob-havo mamlakatning shimolini qamrab olgan. Jumladan, Xonsyu va Xokkaydo orollarida dekabrdan beri qor yog‘ishi to‘xtamayapti.

Ushbu hududlarda qor bilan kurashga kuchlar yetmayapti. Hukumat jabrlangan hududlarga tezkor moliyaviy yordam ko‘rsatishga va'da bergan.

“Davlat tezda zarur hisob-kitoblarni qilib, qorni xavfsiz tozalashda yordam ko‘rsatadi. Biz qor kurash vaqtida halok bo‘lganlar ko‘pligidan juda tashvishdamiz”, deb aytgan vazir.

Akabning ta'kidlashicha, joriy yilda yomon ob-havo qurbonlari soni 2017-2018 yillarda kuzatilgan serqor qishdagidan oshib ketgan. Uning aytishicha, halok bo‘lganlardan aksariyatini keksa yoshlilar tashkil qilmoqda. Ular ko‘chalarni, o‘z uylari tomini qordan tozalash vaqtida jarohat olishgan yoki qor uyumlari ostida halok bo‘lishgan.

Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi 2020 yil dekabrida boshlangan va hozirgi kungacha davom etmoqda. Bunday anomal yog‘ingarchilik yo‘llarda harakatlanishning va elektr ta'minotining izdan chiqishiga olib kelgan. O‘limlar sonini minimallashtirish maqsadida ba'zi prefekturalar harbiylarga murojaat qilib, yordam berishni so‘rashgan.

Ko‘proq yangiliklar: