Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Vashingtonni “yadro jomadonchasi” bilan tark etishi ma'lum qilindi

Foto: Reuters
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Vashingtonni Jo Baydenning inauguratsiyasiga bir necha soat qolganda prezident maqomida tark etmoqchi va o‘zi bilan birga “yadro jomadonchasi”ni olib ketadi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Tramp 20 yanvarda Vashingtondan Floridaga ketish uchun “birinchi raqamli bort”dan foydalanmoqchi. Bu esa Trampga “yadro jomadonchasi”ga javobgar harbiy yordamchisi ham hamrohlik qilishini anglatadi.
“Odatda “yadro jomadonchasi” inauguratsiya vaqtida, Bayden qasamyod qabul qilayotganda minbar yonida turadigan boshqa harbiy yordamchiga topshiriladi. Biroq Tramp Vashingtondan Floridaga Bayden inauguratsiyasigacha ketishi sababli chorshanba kuni “jomadoncha” topshirilishi o‘zgacha yuz beradi”, deb ta'kidlab o‘tilgan xabarda.
“Turli joylarda kamida ikkita jomadon bo‘ladi, bu esa hokimiyatning ravon topshirilishini ta'minlash uchun muammo bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tilgan xabarda.
Yadro quroli masalalari bo‘yicha amerikalik tadqiqotchi Stiven Shvarsning tushuntirishicha, keng tarqalgan fikrga zid ravishda, jomadonchada yadro qurolini ishga tushiruvchi tugma ham, kod ham bo‘lmaydi. Biroq unda maxsus qurilma mavjud va AQSh prezidenti zarba berishni buyurishda qo‘llaydigan vakolatlar belgilangan. Bundan tashqari, prezident o‘zi bilan birga uni identifikatsiyalovchi kodni saqlovchi plastik kartaga ega bo‘lishi lozim.
Bayden AQShning yangi prezidenti sifatida qasamyod qabul qilishi bilan Tramp yadro zarbasi berish bo‘yicha barcha vakolatlardan mahrum bo‘ladi va jomadonda saqlanuvchi barcha kodlar darhol faolsizlashadi. Trampga hamrohlik qiladigan zobit esa “yadro jomadonchasi” bilan birga Vashingtonga qaytadi.
Mavzuga oid

21:23 / 15.07.2025
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

18:43 / 15.07.2025
Xitoy Trampning tahdidlaridan keyin Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga va’da berdi

15:27 / 15.07.2025
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

15:16 / 15.07.2025