XTV davlat-xususiy sheriklik loyihalarini samarali amalga oshirgan vazirlik deya e'tirof etildi

O‘zbekiston 15:03 / 19.01.2021 2272

Xalq ta'limi sohasida umumiy qiymati 92 mlrd so‘mdan ziyod bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik shartnomalari imzolangan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugunga qadar davlat-xususiy sheriklik loyihalari reyestriga kiritilgan 50ta loyihaning 24tasini, ya'ni qariyb 48 foizini xalq ta'limi sohasiga doir loyihalar tashkil etadi. 

Xalq ta'limi vazirligining bu borada amalga oshirgan ishlari Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan e'tirof etildi va «Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdagi xizmatlari uchun» sertifikati bilan taqdirlandi, deyiladi vazirlik xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: