Turkiya koronavirusga qarshi ommaviy emlashning ikkinchi bosqichiga o‘tdi

Jahon 16:07 / 19.01.2021 3924

Turkiya hukumati koronavirusga qarshi ommaviy emlashning ikkinchi bosqichiga o‘tdi, deb xabar bermoqda Haber Turk telekanali.

Telekanalning ma'lumot berishicha, shifokorlardan so‘ng qariyalar va nogironlar uyi xodimlari hamda u yerda yashovchilarni emlash boshlangan.

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligining statistikasiga ko‘ra, hozirgacha mamlakatda 867 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi.

 Turkiyada Xitoyning Sinovac Biotech korporatsiyasi ishlab chiqargan CoronaVac vaksinasi ro‘yxatga olingan. Mamlakatda ommaviy emlash 14 yanvarda boshlandi.

Ko‘proq yangiliklar: