Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli tumanida 14 dona daraxtning qo‘porib tashlangani oqibatida o‘simlik dunyosiga 151 mln so‘m zarar yetkazildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Sergeli tumani, Sputnik 4 mavzesi, 40b-uy oldida daraxtlar qo‘porib tashlangani haqida xabar tarqaldi.
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan batafsil o‘rganishlar olib borilganini bildirib, rasmiy ma'lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, ushbu hududda jami 14 dona har xil turdagi daraxtlar hech qanday ruxsatnomasiz ildiz qismidan qo‘porib tashlangan. Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan daraxtlar Toshkent Industrial Export Center qurilish maydoniga olib kirilgani, shu bilan birga, 6 dona daraxt ko‘chirib o‘tqazilgani ma'lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan o‘simlik dunyosiga jami 151,2 million so‘m zarar yetkazilgan. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid

09:35 / 19.07.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oyga yopiladi

15:14 / 08.07.2025
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

12:10 / 16.03.2025
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

12:23 / 13.03.2025