Rospotrebnadzor Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasini 100 foiz samarali deb e'lon qildi

Jahon 19:23 / 19.01.2021 4762

Klinik sinovlarning birinchi va ikkinchi bosqichi natijalariga ko‘ra Rossiyaning koronavirusga qarshi «EpiVakKorona» vaksinasining samaraliligi yuz foizni tashkil etdi. Bu haqda Rospotrebnadzor matbuot xizmatiga tayanib TASS xabar berdi

Qayd etilishicha, «EpiVakKorona» vaksinasi bilan ikki marta emlash ko‘zda tutilgan. Ammo koronavirusga chalinib sog‘ayganlar bir marta emlanishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, «EpiVakKorona» shakllangan immunitetni kuchaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga, «bir dozaning kiritilishi kuchi va davomiyligi bo‘yicha maqbul immun javobini hosil qilmaydi».

 «EpiVakKorona» Novosibirskdagi «Vektor» ilmiy markazida ishlab chiqilgan. U o‘tgan yilning oktyabrida ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: