Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish muddati va chora-tadbirlar dasturi e'lon qilindi

O‘zbekiston 15:10 / 19.01.2021 37292

2021 yil uchun davlat dasturi loyihasining 19-bandida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq choralarni belgilash ko‘rsatilgan. 

Dasturda:

  • saylov komissiyalari a'zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha bilimlarini tizimli asosda oshirish;
  • xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan tegishli tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  • aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar dasturini bajarish muddati sifatida 2021 yilning 21 mart sanasi belgilangan.

Amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 4 dekabrida bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida 88,61 foiz ovoz olgan. Davlat rahbari o‘zining kelgusi prezident saylovlariga oid rejalarini hozircha e'lon qilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: