Jahongir Ortiqxo‘jayev: 2021 yil rejasida deputatlar talabalar turar joylari qurish haqida taklif bermagan

O‘zbekiston 15:38 / 19.01.2021 9313

Sessiyada davlat rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyatini targ‘ib etish hamda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, hududiy dasturlarni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda Oliy ta'lim kengashi raisi O‘ktam Umurzoqov talabalar turar joylari muammosiga hokimning e'tiborini qaratdi.

“Albatta, shahrimiz budjetida buning uchun mablag‘ bor. Ammo mahalliy budjetni taqsimlash vakolati 60 nafar deputatga berilgan. Muhimi ana shu eng zarur vazifalarni tanlab olish. 2021 yil uchun takliflar so‘ralganda deputatlar talabalar turar joylari qurish haqida taklif bermagan, ya'ni ular bu masalani muhim deb hisoblamagan.

Fursatdan foydalanib, siz rektorlardan bir iltimosim bor. Toshkent shahrida yashovchi talabalardan bir so‘rov o‘tkazib bersangiz. Ular qanaqa narxda, qanday sharoitda turar joy xohlashyapti? Shuni bilib olsak, biz tadbirkorga aniq taklif bergan bo‘lardik”, – dedi Ortiqxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtda talabalarni hamyonbop turar joy bilan ta'minlash masalasi har doim dolzarb bo‘lib kelgan. Oliy ta'lim vazirligi vakili Otabek Bozorov talabalarning faqat 27 foiz turar joy bilan ta'minlanayotganini bildirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: