Italiyada mafioz guruhining 49 a'zosi qo‘lga olindi

Jahon 23:44 / 18.01.2021 5700

Qo‘lga olinganlar orasida Rosarno shahri meri Juzeppe Ida ham bor. U uy hibsiga jo‘natilgan. Politsiyaning ta'kidlashicha, u Rosarnoga 2016 yil mahalliy mafioz guruhi Pizano ko‘magida mer etib saylangan.  

Shuningdek, Rosarno shahar kengashi a'zosi Domeniko Skriva ham uy hibsiga olingan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Ndrangeta Yevropada kokain savdosini ham nazorat qiladi.

Avvalroq Italiyada mafiya ustidan katta ko‘lamli sud jarayoni boshlanayotgani, unda ayblanuvchi sifatida 355 kishi o‘tayotgani, 900dan ko‘proq kishi guvohlik berishi, 400 advokat ishtirok etishi ma'lum qilingandi.

Sud jarayoni uchun hattoki maxsus bunker qurilgan. U yerda pandemiya sharoiti talablarini hisobga olgan holda mingga yaqin odam joylashtirilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: