«O‘zbekneftgaz»: Moliyaviy va komplayens nazorat departamentiga inspektorlarni ishga olish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi

O‘zbekiston 11:00 / 27.10.2020 13578

«O‘zbekneftgaz» AJ respublika viloyatlaridagi mavjud hududiy korxonalar, tashkilotlar va neft bazalarda komplayens nazorati faoliyatini olib boruvchi Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti komplayens inspektorlari lavozimiga ishga taklif qiladi.

Lavozim majburiyatlari:

– Tizim korxonalarida komplayens sohasida qabul qilingan va amaldagi me’yoriy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish;

– korrupsiya xatari yuqori holatlarni aniqlash, baholash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash;

– korrupsiyaga karshi davlat dasturlari bo‘yicha Jamiyatga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish;

– Bitimlarni tahlil qilish, ushbu bitimlar komplayens sohasi va boshqa qonun hujjatlarga mosligini o‘rganish;

– Moliyaviy va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish va tizimli monitoring o‘tkazish;

– Jamiyat xodimlarining korporativ odob-ahloq kodeksiga amal qilishi, xizmat tadbirlari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish yuzasidan amaliy ishlar olib borish;

– Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar va boshqa faoliyatni qonunchilikka mosligini monitoring qilish;

– faoliyatga tegishli boshqa masalalar.

Nomzodlarga talablar:

– iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va sohaga oid boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumot;

– moliya, soliq, komplayens, audit va ichki nazorat, iqtisodiy huquq bilan bog‘liq sohalarda 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi;

– kompyuterda ishlashni mukammal bilish (MCOffice (Excel, Word, PowerPoint), Outlook, Internet);

– ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va o‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

– faoliyat bo‘yicha xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;

– sudlanmaganlik va jinoiy javobgarlikka tortilmaganlik;

– rus tili hamda boshqa xorijiy tillarni mukammal bilishi yuqori baholanadi.

Ish haqi kelishilgan holda belgilanadi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.

Talabgorlar ilovadagi rezyumeni to‘ldirishlari va compliance@ung.uz elektron pochta manziliga yuborishlari lozim bo‘ladi. Dastlabki saralash bosqichidan o‘tgan nomzodlar bilan kompyuter orqali test sinovlari o‘tkaziladi va 70 foizdan yuqori natijaga erishgan xodimlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Rezyumelar 2020 yil 29 oktyabrga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.

Nomzod rezyumesi

Ish tajribasi

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon orqali olishingiz mumkin:

(71) 231 14 13

Faylni yuklab olish: Elektron rezyume

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: