Ucell ekologik aksiyalarni davom ettiradi

Jamiyat 16:30 / 24.10.2020 2810

Aksiya 2019 yil avgust oyida Mahtumquli ko‘chasida daraxt ekishda qatnashish bilan boshlangan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘sha vaqtdan boshlab Ucell ko‘ngillilari Toshkentdagi beshta park zonalarida ko‘chat ekishda ishtirok etib, 615 tup ko‘chat: chinorlar, lenkoran akatsiyasi, pavlovniya va nastarin nihollarini ekishdi. Toshkent shahrining Sirg‘ali tumani hokimligi ko‘magida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududi tozalanib, Sirg‘ali mavzesining yangi kichik tumanda «Viktoriya xiyoboni» barpo etildi. Ushbu ikki tadbir doirasida ishtirokchilar 3-4 yoshdagi 80 tup chinor ekdilar.

Bu yil Ucell ko‘ngillilari bahorda karantin e'lon qilinishidan oldin Toshkentda nastarin xiyoboni ekishga va Qarshi va Navoiy shaharlarida hind nastarini va ispan draklarini ekishga muvaffaq bo‘lishdi. Daraxt ekish geografiyasi kengaymoqda.

Yana bir ekologik aksiya Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. 29 sentabr - 1 oktabr kunlari Termiz shahrining asosiy ko‘chalarida, San'at saroyi parki va Amudaryo qirg‘og‘ida, Termiz shahar hokimligi va shahar obodonlashtirish boshqarmasi ko‘magi bilan Ucell xodimlari 1200 kashtan ko‘chatlarini ekdilar.

«Bu yili kashtan tasodifan tanlanmadi. Landshaft dizayni bo‘yicha mutaxassislarning ta'kidlashicha, u atrof-muhitga yaxshi ta'sir qiladi, havoni oltingugurtli gazlardan tozalaydi va changni o‘zida saqlaydi. Ayniqsa, u keng shahar va park xiyobonlari va bulvarlarga o‘tqazilsa juda yaxshi. Va, albatta, uning tutun va gazlarga chidamliligi zavodlarni, sanoat zonalarini, energetika inshootlari va boshqa joylarni ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekilishiga sabab bo‘ladi», - deydi Ucell kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Nasimov.

Sentabr oyida UzReport telekanalining Navoiy shohko‘chasi tarixiga bag‘ishlangan «Shahar oqshomi» teleko‘rsatuvi paytida dastur mualliflarida Navoiy ko‘chasidagi turli sabablarga ko‘ra daraxtlar ildiz otmagan joylarni ko‘chatlar bilan to‘ldirish g‘oyasi tug‘ildi.

O‘shanda, Baxtiyor Nasimov va Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxo‘jayev qo‘shma ekologik tashabbus o‘tkazishga kelishib oldilar.

«Biz ushbu aksiyada Ucell’ga yordam berishga o‘ylab o‘tirmasdan rozilik berdik. Daraxtlarni ekish biz doimo qo‘llab-quvvatlaydigan faoliyat. Bu nafaqat shahar qiyofasini shakllantirib, sog‘lom, yashil ko‘rinishga ega bo‘libgina qolmay, balki shahar aholisiga ham foyda keltiradi. Bugun biz bu yerga kompaniya tomonidan taqdim etilgan 36 tup kashtan daraxtini ekdik», - dedi Furqat Mahmudxo‘jayev.

2020 yil 24 oktyabrda Navoiy shohko‘chasida bo‘lib o‘tgan aksiyada poytaxt hokimligi va shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: