Ahadmix Group va Division tashqi reklama aksiyasini boshlashdi

Jamiyat 12:30 / 24.10.2020 2939

1 noyabrdan 30 noyabrgacha kichik va o‘rta biznes egalari Toshkent shahri markazidagi LED ekranlarda o‘z reklamalarini atigi 1000 so‘mga namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Covid-19 pandemiyasi kichik va o‘rta biznesga kuchli talafotlar yetkazdi. Izolyatsiya davomida ushbu biznes segmentlariga tegishli ko‘plab kompaniyalar noaniq vaqtga yopilishga majbur bo‘ldilar. Hozirda ko‘rilgan zararni bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganiga qaramay, to‘liq tiklanish yuz berishiga uzoq muddat talab qilinadi.

Ahadmix Group kompaniyasi va Division agentligi kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus aksiyani boshlashdi. Aksiya shartlariga asosan kichik va o‘rta biznes egalari o‘z mahsulotlarini Toshkent shahri markazida o‘rnatilgan LED ekranlarda atigi 1000 so‘mga namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Aksiya 1 noyabrdan 30 noyabrgacha davom etadi. Aksiyada ishtirok etish uchun 27 oktyabrgacha ushbu manzilda ariza to‘ldirish lozim. 

Aksiya natijalari bo‘yicha maxsus random.org randomayzeri yordamida 30 g‘olib aniqlanadi. Qo‘shimcha 10 kompaniya Ahadmix Group va Division vakillari tomonidan tanlanadi. 

Ahadmix Group har bir g‘olib ishtirokchi uchun 5 soniyali videorolik tayyorlaydi. Bir oy davomida har hafta Ahadmix Group LED ekranida 10 tadan kompaniya reklamasi navbatma-navbat namoyish etiladi. 

LED ekran e'tibor qozonishning eng samarali usullaridan biridir. Ahadmix Group LED ekrani shahar markazida aholi gavjum bo‘lgan joyda o‘rnatilgan. Buni hisobga olib aytish mumkinki, ekranda namoyish etilayotgan reklama ko‘pchilikning e'tiboriga tushish ehtimoli juda yuqoridir. 

Reklama roliklari shahar markazidagi to‘rtta LED ekrandan birida namoyish etiladi. Ular Oloy bozori, Next savdo-ko‘ngilochar majmuasi, Oybek va Chorsu chorrahalarida joylashgan. 

Aksiya tashkilotchilari kutilmagan vaziyat yuz bergan holda ushbu aksiya muddatini o‘zgartirishga, bundan tashqari, tanlov shartlariga mos kelmaydigan tashkilotlarni tanlovdan chetlatishga haqli.
 
Qo‘shimcha ma'lumot uchun sayt yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarga tashrif buyuring. 

Sayt: kuchbirlikda.org
Facebook: facebook.com/ahadmixgroup
Instagram: instagram.com/ahadmix_group

Ko‘proq yangiliklar: