«Ko‘p narsa professor-o‘qituvchilar va talabalarga bog‘liq bo‘ladi» - shtab a'zosi OTMlar ochilishi haqida

Jamiyat 17:41 / 23.10.2020 8735

«Hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalarida [an'anaviy] o‘quv darslarini qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilingan. Pandemiya sharoitida har bir muassasaga o‘quv xonalari va yotoqxonalarning sanitar-epidemiologik holati o‘rganilib, kamchiliklarni aniqlab va bartaraf etilgandan so‘ng darslarga ishtirok etishga ruxsat beriladi.

Barcha OTMlarda chora-tadbirlar koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan. Ammo bu vaziyatda institutlardagi professor-o‘qituvchilar va talabalarga ham ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. O‘zida kasallikning ilk belgilarini sezgan holda o‘z-o‘zini yakkalash va shifokorga murojaat qilishi zarur.

Jamoat transportlarida esa yo‘lovchi tashishda ko‘rsatilgan epidemiologik qoidalarga amal qilinishi shart va bu tegishli nazorat organlari orqali tekshirib boriladi», – dedi Nargiza Nurullayeva.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarda an'anaviy ta'limni tiklash haqida 17 oktabr kuni bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarligidagi selektorda qaror qabul qilingan edi.

Shu asosda, 18 oktyabrdan 21 oktyabrgacha talabalar va ularning ota-onalari o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi.

Ko‘proq yangiliklar: