«O‘zbekoziqovqatxolding» korxonalari savdoga qo‘yiladi

O‘zbekiston 13:02 / 29.09.2020 4704

Prezidentning 9.09.2020 yildagi «Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta'minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4821-son qaroriga muvofiq «O‘zbekoziqovqatxolding» XK tugatilayotganligi ma'lumot uchun qabul qilindi.
 
Norma’ning yozishicha, hujjatda quyidagilar belgilandi:

  • «O‘zbekoziqovqatxolding» XK tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga bepul o‘tkaziladi;
  • «O‘zagroeksportbank» ATB va «Agrobank» ATB ustav kapitallaridagi «O‘zbekoziqovqatxolding» XK ulushi Moliya vazirligiga bepul o‘tkaziladi.

2021 yil 1 martga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladigan korxonalarning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushlarining ommaviy savdolarga qo‘yilishi ta'minlanadi.
 
Bunda 36ta korxonaning har biri bo‘yicha xususiylashtirishga tayyorlash, ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga doir ishlar amalga oshiriladi, aktivlarni savdoga chiqarish muddatlari belgilanadi va mas'ul shaxslar tayinlanadi.
 
Hujjat 24.09.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: