Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar instituti tashkil etiladi

O‘zbekiston 07:41 / 29.09.2020 3957

Prezidentning “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar institutini tashkil etish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Ilmiy tadqiqotlar institutining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali ilmiy asoslangan vositalar va uslublarni ishlab chiqish;

maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta'lim, shuningdek, maktabdan tashqari, sport ta'limi uchun jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha ta'lim standartlari va fan dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, shu jumladan, audio, video va elektron darsliklar, onlayn darslar hamda boshqa turdagi ilmiy-metodik materiallar tayyorlash;

yoshlarni samarasiz o‘tkazayotgan vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqish;

respublikamizda xalq o‘yinlari, etnosport turlarini rivojlantirish, yangi sport turlarini kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha ekspeditsiyalar, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 2021 yildan boshlab har yili:

jismoniy tarbiya va sport sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar uchun 10 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda grant mablag‘larini;

jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar ulushini oshirish maqsadida, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalariga tayanch doktorantura va doktorantura uchun kamida 10 ta o‘rin ajratadi.

Ko‘proq yangiliklar: