Davlat yoki yuridik shaxslar mulkida bo‘lishi mumkin bo‘lgan atom energiyasidan foydalanish obektlari ro‘yxati tasdiqlanadi

O‘zbekiston 09:00 / 29.09.2020 1835

Prezident qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 23 avgustdagi SQ-460-III-son Qarori bilan tasdiqlangan “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi 17-bandiga muvofiq tayyorlangan.

Qaror loyihasi O‘zbekiston hududida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat standartlariga, normalar va qoidalar, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi, sanitariya norma va talablarini bajarish orqali atom energiyasidan foydalanish obektlarining xavfsizligini ta'minlash, shuningdek ushbu obektlar saqlanishini, ro‘yxatga olinishi va nazorat qilinishini ulardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanilishini ta'minlash natijasida davlat tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi xalqaro majburiyatlar va kafolatlarga rioya qilishni ta'minlash imkonini beradi.

Qaror loyihasiga muvofiq:        

davlat mulkida bo‘lishi mumkin bo‘lgan atom energiyasidan foydalanish obektlari ro‘yxatini tasdiqlash;

davlat mulkida bo‘lishi mumkin bo‘lgan atom energiyasidan foydalanish obektlari mulkida bo‘lishi mumkin bo‘lgan davlat yuridik shaxslarni belgilash;

qarorning 2-ilovasiga kiritilmagan yuridik shaxslar mulkida bo‘lishi mumkin bo‘lgan atom energiyasidan foydalanish obektlari ro‘yxatini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Yadroviy materiallarga egalik qilishni tartibga coluvchi xorijiy mamlakatlarning yadro qonunchiligi rivojlanishida bir necha bocqichlardan o‘tdi. Birinchi bocqichda uzoq vaqt davlat yadroviy qurilmalar, yadro materiallar va saqlash punktlarining mutlaq egaci bo‘lgan. 1946 yildagi AQShning atom energiyaci to‘g‘ricidagi qonuni va undan namuna olib ishlab chiqilgan boshqa mamlakatlar (Avctraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va boshqalar) qonunlari bu holatni tacdiqlaydi, ushbu barcha qonunlar yadroviy materiallarni ishlab chiqarishda davlat monopoliyacini o‘rnatgan.

Atom energiyasidan foydalanish qonunchiligi rivojlanishining ikkinchi bocqichi yadroviy materiallar va yadroviy qurilmalarga davlat monopoliyacining bekor qilinishi bilan tavciflanadi. Bunda hal qiluvchi omillar quyidagilar bo‘ldi:

yadroviy yoqilg‘i aylanish davrining barcha bocqichlariga xucuciy kapitalni jalb qilish;

atom energiyacini xucuciylashtirish uchun qulay sharoitlar yaratish;

yirik sarmoyadorlarning atom energetikaci va canoatiga, tashqi bozorga kirishida ularga yordam berish.

Ushbu bocqich uchun ustuvor bo‘lgan vazifalar milliy qonunchilikning rivojlanish, atom energiyacidan canoat maqcadlarida foydalanishni rivojlantirishga qaratilgan huquqiy normalarni ishlab chiqish, yadro materiallari aylanishining bozor mexanizmini to‘liq shakllantirish, yadroviy qurilmalar, yadro materiallariga va saqlash punktlariga ega bo‘lgan yuridik shaxclarning faoliyati uctidan davlat nazoratini joriy qilish.

Yadroviy materiallarga egalik qilishni tartibga coluvchi xorijiy qonunchilik rivojlanishining yuqoridagi qicqacha tahlili shuni ko‘rsatadiki, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish milliy dasturini amalga oshirilishining dastlabki bosqichida, atom energiyacidan canoat maqcadlarida foydalanishni rivojlantirishga qaratilgan huquqiy normalarni ishlab chiqish, yadro materiallari aylanishining bozor mexanizmi to‘liq shakllantirishga qadar yadroviy materiallar, yadroviy qurilmalar va saqlash punktlariga davlat egalik qilishi davlatning yadro va radiatsiya xavfsizligini ta'minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlariga rioya qilinishiga va uni himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishda kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, yadroviy materiallar, yadroviy qurilmalar va saqlash punktlariga davlatning egalik qilishi bu mamlakatning shu sohadagi jahon hamjamiyati oldidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishi uchun qulay sharoitlarni yaratadi.

 “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga ko‘ra, atom energiyasidan foydalanish obektlari davlat mulki yoki prezident tomonidan belgilanadigan yuridik shaxslar mulki hisoblanadi va mazkur obektlar ro‘yxati prezident tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.

Ushbu qaror loyihasi O‘zbekiston Respublikasining atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish milliy dasturini amalga oshirilishining dastlabki bosqichida atom energiyasidan foydalanish obektlarining:

xavfsiz ish faoliyatini;

aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlariga rioya qilinishini va uning himoyasini;

yadro va radiatsiya xavfsizligini;

ularni hisobga olish, nazorat qilish va jisman himoyasini;

ulardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanilishini;

egalik qiluvchilar mulkdorlar doirasining nazoratsiz ko‘payishining oldini olishni;

egalik huquqi bo‘lgan yuridik shaxclarning faoliyati uctidan davlat nazoratini;

O‘zbekistonning Jahon hamjamiyati oldidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishini va kafolatlarga rioya qilinishini ta'minlash ushbu sohadagi davlatning ustuvor maqsadlarini izchil amalga oshirishda, uni rivojlantirishda va takomillashtirishda muhim qadam bo‘ladi, deyiladi hujjat tushuntirish xatida.

Ko‘proq yangiliklar: