Armaniston Ozarboyjon samolyoti urib tushirilganini xabar qildi. Ozarboyjon tomoni buni rad etdi

Jahon 02:32 / 29.09.2020 17570

Tog‘li Qorabog‘ prezidenti matbuot kotibi Vagram Pogosyanning aytishicha, 28 sentabr kuni armanistonlik harbiylar Ozarboyjon Harbiy Havo Kuchlari samolyotini urib tushirgan.

«Martuni shahri hududida Ozarboyjon HHKlariga tegishli samolyot urib tushirildi», degan Pagosyan. Keyinchalik gap An-2 yengil transport samolyoti haqida ketgani ma'lum bo‘ldi. Samolyot qanday texnikada urib tushirilgani aytilmagan.

Biroq Ozarboyjon Mudofaa vazirligi matbuot kotibi polkovnik Vagif Dargyaxlining aytishicha, bu gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi: «Ozarboyjon armiyasining barcha samolyotlari shay holatda ekanini xabar qilaman», degan u.

27 sentabr kuni Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar boshlandi. Har ikki tomon yerdan va havodan bir-biri tomonga zarbalar bermoqda. Har ikki davlatda harbiy holat e'lon qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: