APL. «Liverpul» «Arsenal»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Sport 02:15 / 29.09.2020 7108

Premer-liganing 3-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Liverpul» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qildi. Hisobni «to‘pchilar» forvardi Aleksander Lyakazett ochganiga qaramay, mersisaydliklar Sadio Mane, Endryu Roberson va Diogu Jotaning gollari evaziga ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

G‘alabadan so‘ng «Liverpul» ochkolarini 9taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra hamshaharini ortda qoldirdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Arsenal» esa 6 ochko bilan 5-pog‘onaga tushdi.

APL, 3-tur

Liverpul – Arsenal 3:1
28 sentabr, «Enfild»
Gollar: Mane (28), Roberson (34), Jota (88) – Lyakazett (25).

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Roberson, Gomes, Fabino, Keyta (Milner, 79), Mane (Jota, 79), Veynaldum, Saloh, Firmino (Minamino, 90+1). 

Arsenal – Leno, Belerin, Luis, Tirni, Meytlend-Naylz, Jaka (Sebalos, 60), El-Nenni, Villian (Pepe, 68), Holding, Obameyang, Lyakazett (Nketia, 74).

Ogohlantirishlar: Mane (3), Aleksander-Arnold (49), Belerin (68), Sebalos (72).

Ko‘proq yangiliklar: