Uzbekistan Airways parvoz davomida amal qiladigan qoidalar borasida eslatma berdi

O‘zbekiston 17:42 / 28.09.2020 15669

Qayd etilishicha:

  • butun parvoz davomida yo‘lovchilar og‘iz va burunni to‘liq yopib turuvchi niqobda bo‘lishlari lozim (2 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari);

qo‘l yuki sifatida samolyot sahniga ayollar sumkasi, portfel, noutbuk, bolalar uchun kerak bo‘ladigan ashyolar solingan sumkani olib chiqish mumkin. Boshqa barcha narsalar qatnovga ro‘yxatdan o‘tilayotgan vaqtda bagajga topshirilishi shart;

  • havo kemasiga chiqarish ijtimoiy masofa saqlagan holda amalga oshiriladi;
  • agar yo‘lovchi parvoz davomida o‘zini yomon his qilsa (isitma, yo‘tal, tumov va boshqalar) zudlik bilan bortkuzatuvchilarni chaqirish tugmasini bosishi kerak.  
  • parvoz davomida havo kemasi sahnida harakatlanishdan tiyilish tavsiya etiladi. Hojatxonaga tashrif buyurish uchun uning bo‘shligiga ishonch hosil qilish maqsadida yorug‘lik tablosiga e'tibor qaratish lozim.

Havo kemasidan tushish ham, xuddi unga chiqqandek, ijtimoiy masofaga amal qilgan holda amalga oshiriladi.

Suv, quloqchinlar, ozik,-ovqat vositalari , shuningdek biznes klass uchun yo‘l va bolalar to‘plamlari alohida o‘ramlarda beriladi. Kosher taomlardan tashqari boshqa maxsus taomlarga oldindan buyurtma berish mumkin. Bort jurnallari va matbuot nashrlari vaqtincha bo‘lmaydi.

“Agar ilgari ko‘rsatilayotgan xizmatlardan birortasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmay qolsa, buning uchun uzr so‘raymiz. Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan, to‘liq servis xizmatlarini ko‘rsatishga qaytamiz”, deyiladi aviakompaniya eslatmasida.

Ko‘proq yangiliklar: