Ukraina xorijliklarning mamlakatga erkin kirishlariga ruxsat berdi

Jahon 14:46 / 28.09.2020 3644

Ukraina xorijliklarning mamlakatga kirishlariga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi. Bu haqda mamlakat chegara xizmati xabar qildi.

 Qayd etilishicha, taqiq 28 sentyabrdan bekor qilingan.

"Endilikda xorijliklar uchun mamlakatimizga kirish taqiqlanmagan", - dedi davlat chegara xizmati spikeri Andrey Demchenko.

Demchenkoning so‘zlariga ko‘ra, xorijliklar uchun Ukrainaga kirishda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish yoki sug‘urta polisi bilan bog‘liq talablar qo‘yilmaydi. 

 Xorij fuqarolarining Ukraina hududiga kirishi 28 avgustda taqiqlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: