Respublikada 76 foizdan ortiq maktablar to‘laqonli faoliyatini tikladi – XTV

O‘zbekiston 13:15 / 28.09.2020 1477

Pandemiya sharoitida 2020-2021 o‘quv yilidan maktablar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yila boshladi. Maktablarning ochilishi to‘g‘risidagi qarorlar har bir maktab bo‘yicha individual tarzda sanitariya-epidemiologik vaziyat inobatga olingan holda mahalliy kengashlar deputatlari ruxsatidan so‘ng qabul qilinmoqda.

Xususan, 7 sentabr kuni O‘zbekistonda 431ta (4,3 foiz) maktab faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 14 sentyabrdan 2560ta (25,6 foiz), 21 sentyabrda 4379ta (43,9 foiz) maktab faoliyatini tikladi.

Maktab faoliyati tiklanmagan o‘quvchilarning ta'lim olishi «Onlayn-maktab» loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta'minlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: