O‘zbekistonlik o‘quvchilar diqqatiga: AQSh maktabida bir yil o‘qish imkoniyati

Jamiyat 16:30 / 28.09.2020 31403

Ingliz tilini yaxshi bilasizmi? AQShdagi o‘rta ta'lim maktabida bir yil tahsil olishni istaysizmi? Haqiqiy amerikalik oilada yashab, ularning hayot tarzi, tilini yaqindan o‘rganishni-chi? U holda FLEX dasturi aynan siz uchun!

Future Leaders Exchange – FLEX (Kelajak liderlari almashinuvi) dasturi AQSh davlat departamentining Ta'lim va Madaniyat ishlari byurosining madaniy almashinuv loyihasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur dastur yurtimiz maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga AQShning o‘rta maktabida o‘qish va amerikalik mezbon oilada bir yil davomida yashash imkoniyatini beradi. Dastur AQSh hukumati tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi.

2021-2022 yil uchun FLEX dasturi imtihonlari onlayn ravishda amalga oshiriladi. Unda qatnashish barcha uchun ochiq va bepul bo‘lib, tanlovda nogironligi bor shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.

Dasturda qatnashish uchun asosiy talablar esa quyidagicha: 

1. Yosh va sinf mezonlariga mos kelish. 2004 yil 1 yanvardan 2006 yil 15-iyulgacha tug‘ilgan va maktabda 9, 10 yoki 11-sinflarda, yoki litsey, kollejning 1 yoki 2 bosqichida o‘qiyotgan bo‘lishi; 

2. Ariza topshirayotgan paytda O‘zbekiston maktabida ta'lim olayotgan va istiqomat qilayotgan bo‘lishi; 

3. Yaxshi va a'lo baholarda o‘qish; 

4. Ingliz tilini a'lo darajada o‘zlashtirish va tanlov doirasida ushbu mahoratni namoyon eta olish;

 5. Amerika vizasi talablariga javob berish; 

6. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish; 

Arizani to‘ldirish uchun internet orqali ais.americancouncils.org yoki discoverflex.org manziliga kirish lozim. Arizalar 2020 yil 1 sentyabrdan 15 oktabrgacha qabul qilinadi. Ariza topshirish boshlanganidan keyin 10 kun muddat ichida tugatish lozim. 

Tanlov bosqichlari: 

1 tur: 2020 yil 1 sentyabrdan 15 oktyabrgacha nomzodlar uchun ochiq. Ushbu tur dastlabki onlayn ariza va 3 ta insho savollarini o‘z ichiga oladi, ular ariza topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida topshirilishi kerak. 

2 tur: Saralangan o‘quvchilar ariza topshirganidan so‘ng darhol ingliz tilidan onlayn testda qatnashishga taklif qilinadi. (72 soat ichida bajarilishi shart)

3 tur: Yarim finalchilar ishtirok etadigan ushbu final bosqich noyabr oyida boshlanadi va intervyu, 3ta insho mavzulari, anketa va ingliz tilida chuqurlashtirilgan testni o‘z ichiga oladi. Mazkur bosqichda ishtirok etganlar o‘z mamlakatlaridagi Amerika Kengashlari ofisida qatnashish uchun taklif qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, FLEX dasturining asosiy maqsadi xalqaro munosabatlarni shakllantirish, Amerika qo‘shma shtatlari fuqarolari va boshqa xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashdir.

Amerika Kengashlari bilan bog‘lanish:

American Councils for International Education Uzbekistan

Email: flex.uz@americancouncils.org

Telegram: ACCELS

Facebook: AmericanCouncilsUzbekistan

Discoverflex.org

Ariza topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar quyidagi manzilda: ACCELS

O‘zbek tilida: ACCELS

Dastur risolasi: aisforms.s3.amazonaws.com

 

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: