OAV Merkel maxfiy ravishda Navalniyni ko‘rish uchun kelganidan xabar topdi

Jahon 14:02 / 28.09.2020 12518

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Merkel «o‘ta maxfiy» ravishda Navalniyni ko‘rgani u 32 kun mobaynida davolangan «Sharite» klinikasiga kelgan.

Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyot bortida hushidan ketgandi. Uchuvchilar samolyotni zudlik bilan Omskka qo‘ndirishgan va siyosatchi mahalliy shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgandi. 22 avgust kuni uni Germaniyaga davolanish uchun olib ketishdi.

2 sentabr kuni GFR hukumati Bundesver laboratoriyasi Navalniyning organizmida «Novichok» guruhiga mansub modda izlarini topgani haqida e'lon qildi.

7 sentabr kuni «Sharite» klinikasidagilar Navalniy sun'iy koma holatidan chiqarilgani va u o‘zini yaxshi his qilayotgani to‘g‘risida xabar berdi.

9 sentabr kuni nemis nashrlari Berlin Navalniyning tahlil namunalarini Rossiyaga berishga hojat yo‘qligi va namunalar Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga yuborilgani to‘g‘risida ma'lum qildi.

Yevroparlament Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazishni talab qilmoqda. 17 sentabr kuni parlamentariylar rezolyutsiya qabul qilishgan, unda Rossiya hukumati Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti bilan hamkorlik qilish va «Novichok» dasturi haqida to‘liq ma'lumot berishga chaqirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: