Kun.uz Telegram'da «OMADLI KUN» tanlovini boshladi

Jamiyat 17:30 / 28.09.2020 28202

Tanlovda ishtirok etish sharti juda oddiy: buning uchun Telegram foydalanuvchilari Kun.uz sayti va tanlov homiylariga tegishli bir nechta kanalga a'zo bo‘lishlari va tanlov yakuniga qadar bu kanallardan chiqib ketmasliklari lozim.

«OMADLI KUN» tanlovida har kuni bir nafardan g‘olib soat 20:00 – 21:00 oralig‘ida aniqlanib, unga 1 million so‘m pul mukofoti beriladi. G‘oliblar barcha ishtirokchilarga beriladigan ID-raqam orqali, tasodifiy ravishda randstuff.ru servisi yordamida aniqlanadi.

G‘oliblar barcha shartlarni bajargani tasdiqlangach, ularga 1 million so‘mdan pul mukofotlari uch kundan kam bo‘lmagan muddat ichida plastik kartochkasiga o‘tkazib beriladi.

Va bu hali hammasi emas: tanlovda qatnashib, hatto g‘olib bo‘lmay turib ham pul ishlab olishingiz mumkin: siz tanlovga taklif qilgan har bir yangi ishtirokchi uchun sizga 1000 so‘mdan to‘lanadi. Albatta, bunda siz orqali «OMADLI KUN» ishtirokchisiga aylangan insonlar ham siz kabi belgilangan shartlarning barchasini bajargan bo‘lishlari zarur.

Do‘stlarni taklif etish orqali jamg‘arilgan pullar 50 ming so‘mga yetganida, haftaning har seshanba, payshanba va yakshanba kunlari plastik kartochkaga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lab beriladi. Ta'kidlash joiz, siz taklif qilgan do‘stingiz kanallarning bir yoki bir nechtasidan chiqib ketsa, u holda ushbu do‘stingiz tanlovga qo‘shilgani uchun sizga berilgan 1000 so‘mlik haq ham olib qolinadi.

Ko‘proq yangiliklar: