Fransiyada koronavirus sababli yangi cheklov choralari kuchga kirdi

Jahon 19:34 / 28.09.2020 3802

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli Fransiyaning 10ta shahrida yangi cheklov choralari kuchga kirdi, deb xabar bermoqda Fransiya OAV.

 Xususan, bayram va ko‘ngilochar tadbirlar, jumladan, to‘ylar, festivallar, bazmlar o‘tkazish taqiqlandi.

 Qahvaxona va barlarga soat 22:00dan ertalab 6:00gacha ishlash mumkin emas. 

Kinoteatr, muzey va teatrlarga xavfsizlik talablariga qat'iy amal qilgan holda ishlashga ruxsat berildi.

O‘tgan haftada Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran mamlakat aholisini ijtimoiy muloqotlarni imkon boricha kamaytirishga chaqirgandi. 

 Pandemiya boshlanganidan buyon Fransiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 540 mingga yaqin holat qayd etilgan, 31 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: