Erdo‘g‘an Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlashini ta'kidladi

Jahon 17:13 / 28.09.2020 38632

 Armanistonning Tog‘li Qorabog‘ va Ozarboyjonning tutash tumanlarini bosib olishidan boshlangan inqirozga chek qo‘yish vaqti keldi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston Ozarboyjonning bosib olingan yerlarini zudlik bilan bo‘shatishi mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka yo‘l ochadi.

«Ozarboyjonning sabri tugadi va Boku o‘z kuchi bilan arman istilosiga nuqta qo‘yadi», - dedi Erdo‘g‘an.

 Erdo‘g‘an Turkiya do‘st va birodar Ozarboyjonni qat'iyat bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta'kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 27 sentabr kuni tongda Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida harbiy ziddiyat yana tiklandi. Ikki mamlakatda ham harbiy holat e'lon qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: