COVID–19’ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan import qilishga ruxsat berildi

O‘zbekiston 13:50 / 28.09.2020 3911

Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2020 yil 22 iyuldagi 449-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxatiga COVID–19’ga antitana va antigenga ekspress testlar ham qo‘shildi.

COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga ham o‘zgartirish kiritildi.

Ro‘yxatga:

gripp vaksinasi (O‘RVI),
koronavirus vaksinasi (COVID-19),
pnevmokokk vaksinasi,
bariya sulfat (Barii sulfas),
pankuroniya bromid / pipekuroniya bromid / atrakuriya besilat,
tsefepim + tazobaktam,
nitroglitserin qo‘shildi.

Ko‘proq yangiliklar: