BMT Xavfsizlik kengashi Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi – OAV

Jahon 22:56 / 28.09.2020 5877

BMT Xavfsizlik kengashi Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilish uchun shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib TASS xabar berdi.

"Muhokama yopiq shakldagi maslahatlashuvlar tarzida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda", -degan agentlik suhbatdoshi.

Eslatib o‘tamiz, 27 sentabr kuni tongda Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida harbiy ziddiyat yana tiklandi. Ikki mamlakatda ham harbiy holat e'lon qilingan.

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan qator mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan O‘zbekiston bayonot berdi.

O‘zbekiston Ozarboyjon va Armanistonni o‘zaro nizoni tinch yo‘l bilan hal qilishga chorlab, tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga hamda diplomatik muzokaralarni boshlashga chaqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: