“Birgina bolam kimga qoladi?” – oqqonga chalingan insonlar nidosi

Jamiyat 12:25 / 28.09.2020 7390

Ilk bemorimiz Sunnatillo Rahmatullayev, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan. 15 yoshli Sunnatilloga joriy yilning fevral oyida oqqon tashxisi qo‘yilgan. Dastlab Termizda davolangan bemorni Toshkent shahridagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga ko‘chirganlar.

– Oilamiz nochor, bolamning davolanishlariga bor-budimizni sotishga majbur bo‘ldik, – deydi bemorning otasi Izzatillo aka. O‘tgan 8 oy ichida Toshkent-Surxon oralig‘ida qatnab bo‘larim bo‘ldi.

O‘g‘limga “Og‘ir formadagi aplastik anemiya” tashxisi qo‘yilgan. Agar zarur dori-darmonlar yetkazib turilsa, umumiy davolanish kursi 2-3 yilni tashkil qilarkan. Bolam og‘riqlardan qiynaladi, tunlari uxlolmaydi. Dori izlab, dori topsam pul izlab ezilib yurganlarimni o‘zim bilaman. Bu azoblarning yana shuncha vaqt davom etishini o‘ylasam o‘rtanib ketaman...

Yaxshiki saxovatli insonlar bor, endi bor umidim shulardan. O‘g‘limga va biz kabi bemorlarga yordam berganlarning biriga ming bersin Allohim, – so‘zlarini yakunladi Izzatillo Tolibov.

Sunnatillo Rahmatullayevga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600060947086295 (Xalq banki, tanishi Manzura Mahkamova nomida)

Viza: 4097821100707210 (otasi Izzatillo Tolibov nomida)

Sberbank: 2202201214913234 (tog‘asi Ma'rufjon Jo‘rayev nomida)

Humo: 9860020110148085 (otasi Izzatillo Tolibov nomida)

Telefon: +998990753504 (otasi)

* * *

Keyingi bolajon 4 yoshli Farhodbek Fayzullayev, Samarqand viloyati Narpay tumanidan kelib davolanmoqda. Yarim yildirki oqqon kasalligi bilan kurashmoqda.

– O‘g‘lim 4 yoshga kirgan bo‘lsa ham ancha aqli kirib qolgan. Kasallik bolani ulg‘aytirib qo‘yadi, deyishganida ishonmasdim. Taqdir ekan, o‘z bolamda shu narsaning guvohi bo‘ldim. Bolamning ko‘zlarida quvonch o‘ynaydigan vaqtida mung egallab olgan. Qarashga, gaplashib o‘tirishga qo‘rqaman. Qanday ko‘nglini ko‘tarishni bilmay qolaman ba'zida...

Hech kimning bolasi kasal bo‘lmasin ekan. Ayniqsa mana bunday kasallik oilalarni qiynamasin, biz ham hamma narsamizni sotib bo‘lganimizdan keyin saxiy insonlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldik, – deydi Farhodbekning onasi Orasta Hakimova.

 Farhodbek Fayzullayevga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600041742657282 (Agrobank,onasi Orasta Hakimova nomida)

Viza: 4231200000831049 (amakisi Jasurbek Xayrullayev nomida)

Sberbank:4276400096779443 (tog‘asi Komiljon Jumayev nomida)

Humo:9860030318512479 (Agrobank,onasi Orasta Hakimova nomida)

Telefon: +998938327100 (onasi)

* * *

Navbatdagi bemorimiz Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan kelgan Uyg‘un Karimov bo‘ladi. 26 yoshli Uyg‘unga 2019 yilning dekabr oyida “O‘tkir limfoblast leykoz” tashxisi qo‘yilgan va shundan buyon uzluksiz davolanmoqda.

– Bir farzandim bor, hali go‘dak. Kasalligimdan ham ko‘ra o‘g‘lim Azizbekning taqdiri ko‘proq tashvishlantiradi meni. “Birgina bolam kimga qoladi?” degan o‘y tinchlik bermaydi...

Bu shunday kasallik ekanki, azobini bir o‘zing tortib qutulmas ekansan, ortingdan butun oilang dardga ko‘milarkan. Imkoni borlar davolanib ketishayapti, biz kabi qo‘li qisqalar dori ololmay har kimning ko‘ziga tikilib yuribmiz. Qani endi sog‘lom bo‘lsam-u, mehnatim bilan o‘zim ham bemorlarga yordam bera olsam, – deydi Uyg‘un.

 Uyg‘un Karimovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600041779705848 (Agrobank, Uyg‘un Karimov nomida)

8600060498635854 (Xalq banki, Uyg‘un Karimov nomida)

Viza: 4097821100709042 (onasi Oydin Eshonqulova nomida)

Sberbank: 4276500043302932 (tanishi Sayfulla Tilavov nomida)

Humo: 9860020110938741 (onasi Oydin Eshonqulova nomida)

Paynet: +99899 6688004

Telefon: +998996763121 (otasi)

* * *

So‘nggi bemorimiz Turg‘unoy Mahmudova. 2008 yil 18 mart kuni Andijon shahrida tug‘ilgan. Oilada yagona farzand bo‘lgan Turg‘unoy kelajakda shifokor bo‘lib, o‘ziga o‘xshagan bemorlarni davolash niyatida.

– Yolg‘iz bolam Turg‘unoy oqqon kasalligi bilan 2019 yil noyabr oyidan beri kurashib kelmoqda. Har kuni ertalab ko‘zini ocharmikan, degan savol bilan uyg‘onish, yoniga borib nafas olyaptimi, deb yuziga boqish juda katta azob. Bu holatni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman, - deydi onasi Dildora opa Rasulova.

 Turg‘unoyga Mahmudovaga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0604 9986 6326 (otasi G‘aniyev Ozodbek nomida)

Sberbank: 4276 4000 7942 1799 (tanishi Ilhomjon Yunusov nomida)

Telefon raqami: +99891 484 46 80

 Azizlar! Gematologiya va qon quyish ilmiy markazi bemorlari bizning doimiy qahramonlarimiz. Ularning har bir kuni sinovlardan iborat, har tongni xursandchilik bilan kutib oladilar. Lekin ularni bir umumiylik bog‘lab turadi – har biri sizning ko‘magingizga muhtoj. O‘ylaymizki umid ko‘zlarini tikib turgan bemorlarning ko‘nglini ko‘tarish, duolarda shifo so‘rashni unutmaysiz.

 Abror Zohidov.

Ko‘proq yangiliklar: