Aziz Abduhakimov: Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuniga bag‘ishlangan navbatdagi anjuman Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 21:06 / 28.09.2020 1275

Tadbir 28-29 sentabr kunlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, Twitter ijtimoiy tarmog‘i, “Ochiq hukumat” hamkorligi tashabbusi, “Transparency International” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi yetakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida o‘tkazilmoqda. 

Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida OAVni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga oid taqdimot o‘tkazdi.

O‘zbekistonda OAVni liberallashtirish va ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlash, so‘z erkinligi va jurnalistlar huquqlarini targ‘ib qilish, hukumat faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, davlat tashkilotlari hamda aholi o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash yo‘lida qilingan ishlar aniq misollar bilan yoritib berildi.  

Yuqori darajali onlayn-muhokama davomida O‘zbekiston hukumatining UNESCO bilan hamkorlikdagi XAUFK bo‘yicha xalqaro anjumanini 2021 yilning kuzida Toshkent shahrida o‘tkazish istagi  bildirildi.

Bosh vazir o‘rinbosari keyingi yilga rejalashtirilgan ushbu anjuman davlatlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan axboriy inqirozlar va muammolarning oldini olish va ularga qarshi kurashish yo‘lida UNESCO hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida xizmat qilishini ta'kidladi.

UNESCO bosh kotibi Odri Azule va tadbirning boshqa ishtirokchilari O‘zbekiston hukumatiga kelgusi yilda bu qadar muhim tadbirni o‘tkazishga tayyor ekanligi uchun minnatdorlik bildirishdi.

Ko‘proq yangiliklar: