Afg‘oniston Tog‘li Qorabog‘ masalasida Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatladi

Jahon 20:03 / 28.09.2020 14687

Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Qorabog‘dagi nizo keskinlashishi munosabati bilan bayonot berdi.

 Bayonotda aytilishicha, "Tog‘li Qorabog‘ regioni xalqaro darajada Ozarboyjonning bir qismi sifatida tan olingan".

"Afg‘oniston Tog‘li Qorabog‘ okkupatsiyasi zudlik bilan to‘xtatilishini talab qiladi va Ozarboyjon xalqi va hukumati hamda boshqa mamlakatlarning bu boradagi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi", - deyiladi bayonotda.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan va Tog‘li Qorabog‘ okkupatsiyaga chek qo‘yilishi kerakligini aytgandi.

 Eslatib o‘tamiz, 27 sentabr kuni tongda Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida harbiy ziddiyat yana tiklandi. Ikki mamlakatda ham harbiy holat e'lon qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: