Yamandagi ixtilof tomonlari mingdan ko‘proq asirni o‘zaro almashdi 

Jahon 07:43 / 27.09.2020 3676

Ma'lumotlarga ko‘ra, kelishuv Yamandagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Stokholm jarayoni doirasida imzolangan va unga BMT rahnamoligida erishilgan.  

Kelishuvga ko‘ra, umumiy hisobda 1081 kishi – 681 nafar husiychi va hukumat kuchlarini qo‘llab-quvvatlovchi 400 kishi asirlikdan ozod etilgan. Fevralda ham qarama-qarshi tomonlar orasida 1,4 ming asirni o‘zaro almashish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

Yamanda 2014 yil avgustidan beri hukumat kuchlari va husiychilar o‘rtasida qarama-qarshilik davom etib kelmoqda. 

2018 yil dekabrda Stokholmda boshlangan Yaman bo‘yicha maslahatlashuvlarda bir qator kelishuvlarga erishilgan. Jumladan, Shvetsiya poytaxtida imzolangan kelishuvga ko‘ra husiychilar va hukumat jangovar harakatlarni to‘xtatib, qurollangan tuzilmalarni bir qator hududlardan olib chiqishni va asirlarni almashish bo‘yicha jarayonni boshlashga kelishib olgan.

Ko‘proq yangiliklar: