Ozarboyjonda ham harbiy holat joriy etilmoqda

Jahon 20:37 / 27.09.2020 33197

Uning so‘zlariga ko‘ra, 28 sentyabrdan bir qancha hududlarda komendantlik soati joriy etiladi (soat 21:00dan soat 5:00gacha). Bunday rejim Boku, Ganja, Sumgayt, Yevlaxe, Mingyachevir, Naftalan, shuningdek, Absheron, Jabroyil, Fuzuliy, Beylagan, Tartar, Geranboy, Bardin, Ag‘dam, Geygel, Tovuz, Gazax va boshqa hududlarda amal qiladi.

«Komendantlik soati vaqtida fuqarolar ko‘chada va boshqa jamoat joylarida maxsus ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz bo‘lishi taqiqlanadi. Farmonga ko‘ra, bir hududdan kirish va chiqishga, shuningdek, transport harakatiga cheklov qo‘llanadi», degan prezident yordamchisi.

Yakshanba kuni tongida Tog‘li Qorabog‘ va Armanistonda ham harbiy holat e'lon qilingandi. O‘z navbatida, Ozarboyjon tomoni mamlakatda umumiy safarbarlikka hojat yo‘qligi, mamlakat qurolli kuchlari safida yetarlicha askarlar borligini ma'lum qilgandi.

Yakshanba tongida Tog‘li Qorabog‘ mojarosi yana keskinlasha boshladi. Ozarboyjon tomoni Armaniston tomoni uyushtirgan artilleriya hujumlariga javob qaytarilganini ma'lum qilgan. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan esa Ozarboyjon arman xalqiga urush ochgani haqida gapirgan.

Ko‘proq yangiliklar: