Koronavirus: O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 500ga yaqin yangi holat aniqlanib, 500dan ortiq bemor tuzaldi

O‘zbekiston 07:27 / 27.09.2020 7875

Rasmiy statistikada jami holatlar soni 55 mingga yaqinlashdi: hozirgacha 54 953 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 51 458 nafari tuzalgan.

Qurbonlar soni kamida 4 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha 454 nafarga yetdi.

Yangi holatlar (+491)

Kun davomida respublikaning 8 hududida tana harorati ko‘tarilgani hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi holatlar aniqlangan.

  • Toshkent shahrida 310 holat;
  • Toshkent viloyatida 84 holat; 
  • Namangan viloyatida 29 holat;
  • Andijon viloyatida 15 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 14 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 14 holat;
  • Jizzax viloyatida 13 holat;
  • Samarqand viloyatida 12 holat.

Tuzalganlar (+504)

Kun davomida respublikaning 8 hududida jami 504 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 51 ming 458 nafarga yetdi (93 foiz).

  • Toshkent shahrida 308 nafar;
  • Toshkent viloyatida 108 nafar;
  • Namangan viloyatida 30 nafar; 
  • Andijon viloyatida ham 16 nafar;
  • Jizzax viloyatida ham 16 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar;
  • Samarqand viloyatida 10 nafar;
  • Xorazm viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi. 

SSV 26 sentabr kuni yana 4 nafar bemor vafot etgani va shu vaqtgacha rasmiy statistikaga kiritilgan o‘lim holatlari soni 454taga yetgani haqida xabar qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3041 nafar bemordan 719 nafari og‘ir, 294 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: