Koronavirus: Rasmiy statistikada kasallikdan davolanayotganlar soni 3 mingdan kamaydi

O‘zbekiston 23:24 / 27.09.2020 30555

Rasmiy statistikada jami holatlar soni 55 mingdan oshgan: hozirgacha 55 401 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 51 965 nafari tuzalgan.

Qurbonlar soni kamida 5 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha o‘lim holatlari soni 459 nafarga yetdi.

Yangi holatlar (+448)
Kun davomida respublikaning 9 hududida tana harorati ko‘tarilgani hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi kasallanish holatlari aniqlangan.

  • Toshkent shahrida 260 holat; 
  • Namangan viloyatida 27 holat;
  • Toshkent viloyatida 87 holat;
  • Samarqand viloyatida 17 holat;
  • Andijon viloyatida 15 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 12 holat; 
  • Farg‘ona viloyatida 12 holat;
  • Jizzax viloyatida 11 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 7 holat.

Tuzalganlar (+507)
Kun davomida respublikaning 10 hududida jami 507 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 51 ming 965 nafarga yetdi (94 foiz).

  • Toshkent shahrida 339 nafar, 
  • Toshkent viloyatida 92 nafar, 
  • Andijon viloyatida 14 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 13 nafar, 
  • Farg‘ona viloyatida 12 nafar, 
  • Jizzax viloyatida 10 nafar, 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar, 
  • Surxondaryo viloyatida ham 8 nafar, 
  • Qashqadaryo viloyatida 6 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi. 

SSV 27 sentabr kuni yana 5 nafar bemor vafot etgani va shu vaqtgacha rasmiy statistikaga kiritilgan o‘lim holatlari soni 459taga yetgani haqida xabar qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2 977 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 725 nafari og‘ir, 299 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: