Kanada Vaksinatsiya bo‘yicha global alyansga 340 million dollar ajratadi

Jahon 12:57 / 27.09.2020 2747

Kanada Vaksinatsiya va immunizatsiya bo‘yicha global alyansga (GAVI) koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun 440 mln dollar Kanada dollari (340 million AQSh dollar) ajratadi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma'lum qildi

“Birorta davlat bu pandemiyani o‘zi mustaqil tugata olmaydi, chunki virusni biror yerda yo‘q qilish uchun uni hamma yerda yo‘qotish lozim. Aynan shu sababli, Kanada Vaksinatsiya va immunizatsiya bo‘yicha global alyansni qo‘llab-quvvatlab, vaksinaning dunyo bo‘ylab tez va adolatli taqsimlanishiga ishonch hosil qilishda yordam beradi. Hukumatimiz butun dunyo bo‘ylab kanadaliklar bilan bir qatorda rivojlanayotgan davlatlar aholisini vaksinalar bilan ta'minlash mexanizmi – COVAX’ga qo‘shimcha 440 mln Kanada dollari ajratadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Tryudo.

Uning ta'kidlashicha, bu summadan 220 mln Kanada dollari (169 mln dollari) bevosita kanadaliklarni emlash uchun sarflanadi.

“Bu esa kelishuv kanadaliklar uchun 15 mln dozagacha vaksina olish imkonini berishini anglatadi”, deb qo‘shimcha qilgan Tryudo.

Vaksinatsiya va immunizatsiya bo‘yicha global alyans xususiy va hukumat tashkilotlarining nochor davlatlarda bolalar emlanishi imkoniyatini oshirishga qaratilgan hamkorligi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: