Tixanovskaya AQSh vakili bilan Belarus masalasini muhokama qildi

Jahon 00:10 / 26.09.2020 11488

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya AQSh davlat kotibining yordamchisi o‘rinbosari Jorj Kent bilan uchrashdi. Bu haqda «Pul Pervoy» Telegram-kanali xabar berdi.

Tixanovskaya yangi prezidentlik saylovini o‘tkazish bo‘yicha muloqot tashkillashtirishda AQSh, YeI va Rossiyaning yordami masalasini ko‘tardi.

Tixanovskaya avvalroq Amerika senatorlari va AQSh Kongressi vakillar palatasi deputatlari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgandi.

U Lukashenkoning qonuniyligini tan olmaslik, qatag‘onga uchraganlarni qo‘llab-quvvatlash va namoyishchilarni tarqatishda aybdor shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritish zarurligini ta'kidlagan.

Avvalroq Tixanovskaya Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiya marosimidan so‘ng uning vakolatlari muddati tugaganligini aytdi va o‘zini mamlakatning yagona rahbari deb atagandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: