Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi bolalarda sinab ko‘riladi

Jahon 17:11 / 26.09.2020 8596

Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg yaqin vaqt ichida «Sputnik V» deb nomlanuvchi koronavirusga qarshi vaksina bolalarda sinab ko‘rilishi mumkinligini aytdi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina ko‘ngillilarga burun orqali yuboriladi. Ginsburgning qayd etishicha, klinik sinovlarda dastlab katta yoshli bolalar qatnashadi, so‘ngra ko‘ngillilarning yoshi pasayib boradi.

Avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi vaksina bilan emlash jarayonida ishtirok etish uchun olib borayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot bergandi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Xitoy va Rossiyada uchinchi bosqich sinovlari o‘tkazilayotgan vaksinalarni xarid qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Xususan, Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilayotgan «Sputnik-V» vaksinasining 5000 dozasini O‘zbekiston Respublikasiga ajratish yuzasidan Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasiga murojaat qilingan.

Rossiyada «Sputnik V» vaksinasi 15 avgustdan ishlab chiqarila boshlangan.

Ko‘proq yangiliklar: