Navoiy viloyatida G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etildi

O‘zbekiston 11:01 / 26.09.2020 9681

Vazirlar Mahkamasining «Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining «Navoiy viloyati Nurota tumani G‘ozg‘on shaharchasini G‘ozg‘on shahri etib o‘zgartirish, G‘ozg‘on shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Navoiy viloyati Nurota tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida» 2019 yil 2 maydagi 2491-III-son qaroriga hamda Oliy Majlis Senatining «Navoiy viloyati Nurota tumani G‘ozg‘on shaharchasini G‘ozg‘on shahri etib o‘zgartirish, G‘ozg‘on shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Navoiy viloyati Nurota tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida» 2019 yil 3 maydagi SQ-419-III-son qaroriga muvofiq Navoiy viloyati bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahri tashkil etilgan.

Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etilmoqda.

Quyidagilar:

G‘ozg‘on shahar hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi;

G‘ozg‘on shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining bo‘linmalari va boshqaruv xodimlarining soni tasdiqlandi.

Belgilanishicha, G‘ozg‘on shahrida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining boshqaruv xodimlari vazirliklar va idoralarning umumiy shtat birliklari doirasida kiritiladi.

O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov:

o‘n kun muddatda Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish bilan bog‘liq zarur tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta'minlaydi;

bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda G‘ozg‘on shahri budjetining prognoz parametrlarini belgilaydi;

Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda G‘ozg‘on shahrini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta'minlaydi;

Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahri tashkil etilishi munosabati bilan yangidan tashkil etilayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy tuzilmalarini ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek, Nurota tumanidagi mavjud shtatlarni qisqarishi natijasida bo‘sh qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi;

bir oy muddatda Navoiy viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda G‘ozg‘on shahar hokimligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahri bo‘linmalarini zarur bino va inshootlar hamda moddiy-texnika vositalari bilan ta'minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;

G‘ozg‘on shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini tashkil etsin va joyiga chiqqan holda muhokama qilib boradi. 

Bunda:

shaharda qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish orqali aholi bandligini ta'minlash;

shahar hududida geologiya-qidiruv ishlari ko‘lamini kengaytirish orqali yangi konlarni aniqlash va o‘zlashtirish choralarini ko‘rish;

shaharda ko‘p kvartirali uylar qurilishini tashkil etish orqali urbanizatsiya darajasini oshirish va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaxshilash ishlariga asosiy e'tibor qaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki oy muddatda G‘ozg‘on shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish tavsiya etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirish hamda yuritishda tashkil etilayotgan G‘ozg‘on shahrining ma'muriy hududlarini inobatga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etilishi natijasida ma'muriy-hududiy chegaralar o‘zgarganligi munosabati bilan belgilangan tartibda yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

Belgilanishicha:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahrida adliya bo‘limi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat xizmatlari markazi tashkil etilishini;

Navoiy viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda G‘ozg‘on shahar davlat xizmatlari markazi binosining qurilishi investorlar bo‘lmagan taqdirda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga tashkil etilishini ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: