Maktablar va oliy ta'lim muassasalarida darslar oralig‘ida jismoniy mashqlar o‘tkaziladi

O‘zbekiston 08:18 / 26.09.2020 10887

Prezidentning “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda umumta'lim, professional va oliy ta'lim muassasalarida darslar oralig‘ida (katta tanaffus vaqtida) “Sport daqiqasi” jismoniy mashqlari, darslar boshlanishidan oldin 2 daqiqa nafas olish mashqlarini o‘tkazish tartibini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari (B.Musayev) Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda:

umumta'lim maktablarida 2020/2021 o‘quv yilidan jismoniy tarbiya fanini barcha sinflarda haftada 3 soatdan o‘qitishni tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda sportchi yoshlarni saralash va katta sportga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya), yoshlar orasida sportni ommalashtirishda yuqori natijalarga erishish maqsadida hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumta'lim maktablarini kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan milliy sport turlariga ixtisoslashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi (A.Abduvohidov) ushbu topshiriqlarning bajarilishi ustidan qat'iy nazorat o‘rnatadi.

Ko‘proq yangiliklar: