Hokimlik Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlanishi to‘g‘risidagi ma'lumotlarga izoh berdi

O‘zbekiston 13:27 / 26.09.2020 13165

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab yo‘lni kengaytirish rejalashtirilgani, shu sababli ko‘p yillik chinor va boshqa daraxtlar kesib tashlanishi haqida ma'lumot tarqaldi.

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi matbuot xizmati izohida aytilishicha, tumandagi Buyuk Ipak yo‘li markaziy ko‘chasining “Salom” choyxonasi yonidan o‘tuvchi qismida ta'mirlash ishlari olib boriladi.

Bildirilishicha, ushbu ko‘chaning faqatgina “Salom” choyxonasi oldidagi qayrilish qismida ta'mirlash ishlari olib boriladi. 

“Bunda, albatta, tabiatga zarar yetkazmaslik alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ko‘chirilishi kerak bo‘lgan daraxtlar boshqa joyga ko‘chirilib o‘tkazilishini ma'lum qilamiz. Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining xulosasisiz biror bir daraxtga ziyon yetkazilmaydi”, - deyiladi izohda.

Ta'kidlanishicha, piyodalar o‘tish yo‘laklari oldida bordyurlarning joylashtirilishi bilan bog‘liq holatlarning oldi olinadi.

“Hurmatli fuqarolar, barchasi ushbu chorrahadagi harakatlarni tartibga solish va xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilmoqda”, - deya yakunlangan ma'lumot.

Ko‘proq yangiliklar: