Farg‘onada giyohvandlik moddasini 20 000 000 so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi

Jamiyat 08:42 / 26.09.2020 3579

Joriy yilning 21 sentabr kuni Oltiariq tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tadbir davomida Yangiqo‘rg‘on mahalla hududida X.X. "gashish" giyohvandlik moddasini 20 000 000 so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.X.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini eslatib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: