Belgiyada kunlik koronavirus yuqtirish holatlari 40 foizga o‘sdi

Jahon 17:32 / 26.09.2020 3633

Belgiyada 16-22 sentabr kunlari kunlik koronavirus yuqtirish holatlari o‘rtacha 1540taga yetdi. Bu haqda RTBF telekanali xabar bermoqda.

 Qayd etilishicha, bu avvalgi haftaga nisbatan 40 foizga ko‘pdir.

9-22 sentabr kunlaridagi ma'lumotlar bo‘yicha kasallik yuqtirish darajasi 100 ming kishiga 161tani tashkil etgan. Avvalgi ko‘rsatkich esa 150tani tashkil etgandi.

Belgiyada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 110976ta holat qayd etilgan, 9969 kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: