Rasmiy statistikada jami holatlar 50 mingdan ortdi: hozirgacha 50 378 kishida koronavirus aniqlanib, ulardan 46 645 nafari tuzalgan.
Qurbonlar soni kamida 6 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha 421 nafarga yetdi.
Yangi holatlar (+617)
617ta yangi holat 8ta hududga to‘g‘ri keladi. Birgina Toshkent shahrida 420 nafar bemor qayd etildi.
- Toshkent shahri – 420
- Toshkent viloyati – 123
- Buxoro viloyati – 21
- Samarqand viloyati – 14
- Namangan viloyati – 12
- Navoiy viloyati – 11
- Andijon viloyati – 10
- Qashqadaryo viloyati – 6
Tuzalganlar (+553)
Jami 50 378 bemordan 46 645 nafari tuzalib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
- Toshkent shahri – 331
- Toshkent viloyati – 124
- Namangan viloyati – 51
- Buxoro viloyati – 23
- Andijon viloyati – 13
- Navoiy viloyati – 7
- Qashqadaryo viloyati – 4
O‘lim holatlari (+6)
Termiz shahrida yashagan 36 yoshli erkak koronavirus asoratlaridan vafot etdi. 18 sentyabrda qayd etilgan 6ta o‘lim holatidan 4tasi Toshkent viloyati bilan bog‘liq.
- Oqqo‘rg‘on tumanida yashagan 78 yoshli O.Sh. (ayol)
- Termiz shahrida yashagan 36 yoshli S.V. (erkak)
- Shayxontohur tumanida yashagan 83 yoshli T.M. (erkak)
- Zangiota tumanida yashagan 42 yoshli D.M. (ayol)
- Bo‘stonliq tumanida yashagan 71 yoshli A.T. (erkak)
- Bo‘stonlik tumanida yashagan 41 yoshli D.Ya. (ayol)
Ayni paytda O‘zbekistonda 3 312 nafar bemor COVID-19'dan davolanmoqda. Ulardan 489 nafari og‘ir, 254 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.