Navoiyda qimorxona tashkil qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat 11:37 / 12.08.2020 4462

2020 yilning 15 iyul kuni soat 23:40da IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida, 38 yoshli T.B. o‘zining tanishidan Navoiy shahar G‘alaba shoh ko‘chasida joylashgan xonadonni 450 ming so‘m pul evaziga 3 kunga ijaraga olib, ushbu xonadonda qimorxona tashkil qilib, tanishlari 57 yoshli Sh.X., 49 yoshli Sh.M., 39 yoshli O.J. va 34 yoshli A.J. bilan o‘zaro til biriktirgan holda ularga qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berib, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzib, pul evaziga tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini o‘ynab o‘tirgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir jarayonida, qimor o‘yini davrasiga tikilgan jami 6 mln. 54 ming so‘m, 900 AQSh dollari va 3 pachka o‘yin kartalari hamda fuqaro Sh.X.ning egnida bo‘lgan ko‘ylagining ichki qismiga o‘rnatilgan qimor o‘yinlari davomida o‘yin kartalarini yashirishga mo‘ljallangan maxsus qurilma xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan T.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qimor o‘yinining qolgan ishtirokchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 191- va 54-moddalari bilan ma'muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMBga yuborilgan. 

Hozirda tergov harakatlari Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: